Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-нөмір (2026) · 20-24-беттер
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PLURIMADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Bayniyazova, Malika
Аңдатпа
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning plurimadaniy kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy globallashuv sharoitida xorijiy til o‘qituvchisini tayyorlash jarayonida nafaqat lingvistik bilimlar, balki turli madaniyatlarni anglash, madaniyatlararo muloqotni samarali tashkil qilish hamda ko‘p madaniyatli ta’lim muhitida faoliyat olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ingliz tili ta’limini individuallashtirish, virtual madaniyatlararo muloqot muhitini yaratish, autentik (asl) materiallarni tahlil qilish va bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining plurimadaniy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan.
ingliz tilini o‘qitish, plurimadaniy kompetensiya, madaniyatlararo kommunikatsiya, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, innovatsion pedagogik texnologiyalar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.