Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-нөмір (2026) · 20-23-беттер
INGLIZ TILIDAGI MULTIMODAL MATNLARNING LINGVISTIK VA SEMIOTIK XUSUSIYATLARI
Ochildiyev, Bexruz, Safarov, Alisher
Аңдатпа
Mazkur maqolada ingliz tilidagi multimodal matnlarning lingvistik va semiotik xususiyatlari, ularda verbal va noverbal vositalarning ma’no yaratishdagi o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. Multimodal matn verbal birliklar, tasvir, rang, audio, grafik belgilar va boshqa semiotik resurslarning integratsiyasi asosida shakllanuvchi kommunikativ hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda verbal va vizual komponentlarning bir-birini to‘ldirish, aniqlashtirish va semantik jihatdan kuchaytirish funksiyalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, multimodal matnlarda kommunikativ ma’noning turli modalliklar o‘rtasida taqsimlanishi hamda vizual va verbal belgilar orqali pragmatik va kontekstual ma’nolarning yuzaga kelishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari multimodal matnda yaxlit ma’no alohida bir modal vosita orqali emas, balki turli semiotik resurslarning o‘zaro integratsiyasi natijasida shakllanishini ko‘rsatadi.
multimodal matn, multimodallik, verbal vositalar, noverbal vositalar, vizual semiotika, semiotik resurslar, ma’no yaratish, lingvopragmatika, multimodal diskurs, kommunikativ ma’no.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.