Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-нөмір (2026) · 75-78-беттер
“NASOYIM UL-MUHABBAT” NING TURKIYADAGI O‘RGANILISHI: MATNSHUNOSLIK, TILSHUNOSLIK VA ADABIY-TARIXIY YONDASHUVLARNING QIYOSIY TAHLILI
Muxiddinov, Mo‘minjon
Аңдатпа
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asarining Turkiyadagi o‘rganilish jarayoni qiyosiy-tahliliy metod asosida tadqiq etiladi. Asarning turkiy tasavvuf, adabiyot va til tarixidagi o‘rni, uning ilmiy muomalaga kiritilishi hamda turk navoiyshunosligidagi tadqiqot yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, Kemal Eraslanning asar matnini ilmiy tayyorlashga qaratilgan tadqiqotlari, Günay Kutning Navoiyning turkiy tilga munosabati va yozma merosidagi matn-muallif munosabatiga oid qarashlari hamda Ahmet Bican Ercilasunning Navoiy asarlari, xususan, “Nasoyim ul-muhabbat” materiallari asosida olib borgan adabiy-tarixiy kuzatishlari o‘zaro qiyoslanadi. Tadqiqot natijasida Turkiya navoiyshunosligida mazkur asarni o‘rganish birgina matn nashri bilan cheklanmay, matnshunoslik, tilshunoslik, manbashunoslik va adabiy-tarixiy yo‘nalishlarning o‘zaro kesishgan nuqtasida shakllangani asoslanadi.
Alisher Navoiy, “Nasoyim ul-muhabbat”, Kemal Eraslan, Günay Kut, Ahmet Bican Ercilasun, turk navoiyshunosligi, matnshunoslik, tasavvuf, chig‘atoy tili, manbashunoslik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.