Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-сан (2026) · 6-8-беттер
Talabalarda Ijtimoiy-pedagogik Profilaktika Kompetensiyalarinirivojlantirishning Konseptual Modeli va Uni Raqamli Ta’limdaqo‘llash
Sayipov, Begzod
Аннотация
Maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy-pedagogik profilaktikakompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari va konseptual modeli tahlil qilingan. Ma’lumki,yoshlar orasida deviant xulq-atvor, jismoniy va psixologik zo‘ravonlik, internet-bog‘liqlik hamda boshqaijtimoiyxavfli holatlarning oldini olish bugungi kunda pedagog kadrlar tayyorlash tizimining dolzarb vazifalaridanbirigaaylanmoqda. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib, muallif tomonidan tuzilgan konseptual model maqsad-vazifaviy,mazmuniy-bilimiy, texnologik-amaliy, raqamli-integrativ hamda natija-baholovchi bo‘limlardan iborat bo‘lib,ularning har biri talabada profilaktik faoliyat yuritish uchun zarur bilim, ko‘nikma va shaxsiy sifatlarni izchilshakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada mazkur modelni raqamli ta’limmuhitida- masofaviymodullar, virtual simulyatsiyalar va monitoring platformalari orqali - amalga oshirishning pedagogikshart-sharoitlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchi va ijtimoiy pedagoglarnikasbiy tayyorlash jarayoni uchun amaliy ahamiyatga ega
ijtimoiy-pedagogik profilaktikakompetensiyakonseptual modelraqamli ta’limdeviantxulq-atvoroldini olishtalaba-yoshlarkasbiy tayyorgarlikLMS-platforma
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.