Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 16-22
O‘ZBEKISTONDA INGLIZ TILI TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI:O‘QITUVCHILARNING QARASHLARI, MUAMMOLARI VA KASBIY RIVOJLANISHEHTIYOJLARI
Soipov, Boburmirzo
Аннотатсия
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi xorijiy tillarni o‘qitishjarayonigasezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda (English as a ForeignLanguage–EFL) raqamli platformalar, sun’iy intellekt vositalari, multimedia resurslari va interaktiv ta’limtexnologiyalaridanfoydalanish zamonaviy pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Biroqtexnologikvositalarning mavjudligi ularning amaliy dars jarayonida samarali qo‘llanilishini avtomatikravishdata’minlamaydi. O‘qituvchilarning texnologiyaga bo‘lgan munosabati, mavjud infratuzilma, institutsional qo‘llab-quvvatlash va kasbiy tayyorgarlik darajasi texnologiya integratsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston hududidagi ingliz tili o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardanfoydalanishtajribasi, texnologiyaga oid qarashlari, mavjud to‘siqlari hamda kasbiy rivojlanish ehtiyojlarini o‘rganishgaqaratilgan. Tadqiqotda aralash metod (mixed-methods) yondashuvidan foydalanildi. Ma’lumotlar O‘zbekistonningturli ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi 150 nafar ingliz tili o‘qituvchisidan onlayn so‘rovnomaorqaliyig‘ildi. Miqdoriy ma’lumotlar Pearson korrelyatsiyasi, Welch mustaqil tanlama t-testi va WelchANOVAyordamida tahlil qilindi, ochiq savollarga berilgan javoblar esa tematik tahlil qilindi.
raqamli texnologiyalaringliz tili ta’limi, EFL o‘qituvchilaritexnologiya integratsiyasi,texnologik to‘siqlarkasbiy rivojlanishO‘zbekiston
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.