Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 3 № 9 (2025)
Konchilik sanoatida ekologik xavfsizlik va ijtimoiy mas’uliyatni ta’minlashning ilmiy-uslubiy asoslari
Kurbanova, Mehriniso
Аннотатсия
Konchilik sanoatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish masalasi bugungigloballashuv sharoitida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida kon resurslarinio‘zlashtirish jarayonida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish hamda mahalliyaholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotning maqsadi –milliy va xalqaro tajribalar asosida konchilik sanoatida ekologik xavfsizlik va korporativ ijtimoiy mas’uliyatni ta’minlashningilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Metodologik jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro konchilikva metallurgiya kengashi (ICMM), shuningdek, Yevropa Ittifoqining yashil iqtisodiyot standartlariga asoslanganyondashuvlardan foydalaniladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ekologik xavfsizlikning milliy modelini shakllantirishdachiqindilarni kamaytirish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, havoning ifloslanishini monitoring qilish va ijtimoiyhamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish asosiy ustuvor yo‘nalishlardir. Shuningdek, CSR dasturlarini samarali qo‘llash orqalikorxonalar nafaqat ekologik barqarorlikni, balki hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ham qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.Ushbu yondashuv O‘zbekiston konchilik sanoati korxonalarining xalqaro standartlarga moslashuvini jadallashtiradi,ularning raqobatbardoshligini oshiradi va barqaror rivojlanishning milliy strategiyasiga xizmat qiladi
konchilik sanoati, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy mas’uliyat, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, CSR, resurs tejamkor texnologiyalar, O‘zbekiston
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.