Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 2-jild (2024)
“YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH STRATEGIYASI: O‘ZBEKISTON VA XITOY
Lazimov, Ilhombek, Nazarov, Nodirjon
Annotatsiya
Yashil iqtisodiyotga o‘tish iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning degradatsiyasi (ya’ni, obyekt yoki hodisaningxususiyatlarining vaqt o‘tishi bilan yomonlashuvi, tabiat qonunlari va tashqi omillar ta’sirida moddaning asta-sekinyemirilishi, pasayishi yoki yo‘q bo‘lishi) hamda resurslar tanqisligi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilishda muhimqadamlardan biridir. Hozirda ko‘plab mamlakatlar barqaror rivojlanishga intilayotgan bir vaqtda, yashil iqtisodiyotkonsepsiyasi iqtisodiy o‘sishni ekologik yaxlitlik bilan muvozanatlash imkonini taklif qilmoqda. Bu o‘tish jarayoni qaytatiklanuvchi energiya manbalarini targ‘ib qilish va sanoatda barqaror amaliyotlarni rivojlantirishga qaratilgan. Mazkurmaqolada O‘zbekiston va Xitoyning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bo‘yicha amalga oshirgan strategiyalari va tajribalariyoritib berilgan. Yashil iqtisodiyotni joriy etish nafaqat atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradi, balki energiya xavfsizliginioshiradi va aholining sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Shu bilan birga, toza energiya, barqaror qishloq xo‘jaligi va aylanma iqtisodiyotamaliyotidagi innovatsiyalar yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, maqolada “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlarsamaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmuni ham tahlil qilingan.
sug‘orish texnologiyasi, degradatsiya, iqtisodiy konsepsiya, “yashil” sektor, global quyosh panellari, urbanizatsiya, PV energiya, biomassa, OECD.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.