Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 3 Issue 11 (2025)
ISLOMIY MOLIYALASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNING DOLZARBLIGI
Nazarov, Nodirjon
Abstract
So‘nggi o‘n yilliklarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (AI) moliyaviy tizimlarning deyarli barcha yo‘nalishlariga chuqur kirib keldi. Xususan, bank ishi, investitsiya boshqaruvi, to‘lov tizimlari va sug‘urta sohalarida ushbu texnologiyalar samaradorlikni oshirish, xavflarni kamaytirish hamda xizmat sifatini yaxshilashda muhim omilga aylandi. Islomiy moliyalashtirish tizimi ham bundan mustasno emas. Mazkur tadqiqot islomiy moliyalashtirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarbligi, ularning amaliy qo‘llanish mexanizmlari hamda shariat tamoyillariga mos integratsiya yo‘nalishlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
islomiy moliyalashtirish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, fintech, blockchain, shariat auditi, moliyaviy inklyuziya, regressiya tahlili, AI, islomiy bank, islomiy startaplar
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.