Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 11-son (2025)
PARALLEL KORPUS ASOSIDA INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QISHLOQ XO‘JALIK ATAMALARINING EKVIVALENTLIK XUSUSIYATLARI
Xalilova, Yulduz
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jalik terminlarining parallel korpus asosida o‘zaroekvivalentlik darajalari va semantik muvofiqligi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida FAO (Food and AgricultureOrganization) hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytlari, agronomiya darsliklari va xalqaro ilmiymaqolalar asosida ikki tilli korpus shakllantirildi. Terminlarning to‘liq, qisman, kontekstual va noekvivalent shakllarianiqlanib, ularning tarjima strategiyalari (kalkalash, semantik kengaytirish, tavsifiy tarjima, moslashtirish va transkripsiya)tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi terminlarining katta qismi strukturaviy jihatdan mos bo‘lsa-da,semantik kengayish va kontekstual tafovutlar mavjud. Tadqiqot natijalari ikki tilli terminologik lug‘atlar yaratish, tarjimajarayonlarini standartlashtirish va ilmiy matnlarni soddalashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi
parallel korpus, ekvivalentlik, termin, tarjima strategiyasi, qishloq xo‘jalik leksikasi, semantik tahlil, korpus lingvistikasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.