Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 11-son (2025)
O‘ZBEKISTONDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Djumayev, Zayniddin
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan institutsional, tarkibiy, investitsionva innovatsion omillar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida respublikada so‘nggi yillarda kuzatilgan yalpi ichkimahsulot (YaIM) o‘sish dinamikasi, uning kutilayotgan o‘zgarish tendensiyalari va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi iqtisodiydeterminantlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida baholanadi. Shuningdek, sanoattarmog‘ining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tutgan o‘rni, qayta ishlash sanoatining texnologik darajasi va ishlab chiqarishsamaradorligi masalalari yoritildi hamda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarshakllantirilgan.
barqaror iqtisodiy o‘sish, institutsional omillar, tarkibiy islohotlar, investitsion muhit, innovatsion rivojlanish, YaIM o‘sish dinamikasi, iqtisodiy determinantlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.