Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 11-son (2025)
KICHIK KVADRATLAR METODIGA ALTERNATIV YANGI DIFFERENSIAL USULINI ISHLAB CHIQISH VA UNING SAMARADORLIGI
Ochilov, Sherali, Akramova, Obida, Raximova, Dilnoza
Annotatsiya
Ushbu maqolada an’anaviy eng kichik kvadratlar usuli (EKKU) jarayonlarni yagona uzluksiz funksiyaorqali ifodalashda yirik xatoliklarga olib kelishi mumkinligi asoslab beriladi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadidaregressiya modellarini qurishning alternativ — differensial tenglamalarga asoslangan yondashuvi taklif etiladi. Taklifetilgan usulda jarayon miqdor jihatdan qismlarga ajratilib, har bir oraliqda funksiyaning mos matematik modeli differensialtenglama orqali aniqlanadi. Olingan natijalar mazkur alternativ yondashuvning aniqligi an’anaviy EKKUga nisbatan kamemasligini, ba’zi holatlarda esa yanada barqaror natijalar berishini ko‘rsatdi.
korrelyatsion modellar, eng kichik kvadratlar usuli, differensial tenglamalar, eksponensial model, chiziqli model, magnit maydon induksiyasi, alternativ usul, statistik yaqinlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.