Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-том 12-сан (2025)
“AYOL RAHBARLAR: RAHBARLIK SALOHIYATI VA ISH JOYIDA TENGLIK” FRANSIYA DAVLATI TAJRIBASI ASOSIDA
Abduraxmonova, Feruzabonu
Аннотация
Mazkur maqolada “Xotin-qiz rahbarlar: rahbarlik salohiyati va ish joyida tenglik” masalalari Fransiya davlatitajribasi asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda Fransiya davlat xizmatida ayollar ulushi, ularning yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarliklavozimlaridagi ishtiroki, shuningdek ish joyida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy va institutsional mexanizmlaro‘rganilgan. OECD, Yevropa Ittifoqi Gender tengligi indeksi, Fransiya davlat xizmati bo‘yicha ma’lumotlar, INSP (Institutnational du service public)ning “Women executives: leadership and workplace equality” dasturi hamda so‘nggi islohotlartahlil qilinib, xotin-qizlarning rahbarlik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritiladi.Maqolada Fransiyada ayol rahbarlarni qo‘llab-quvvatlashda talent-pool, kvota tizimi, genderga sezgir kadrlar siyosati,mentorlik dasturlari, moslashuvchan ish sharoitlari va teng ish haqi bo‘yicha gender indeksidan foydalanish kabimexanizmlar samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ushbu tajribaning kuchli va zaif jihatlari tahlil qilinadi hamdaO‘zbekiston davlat xizmatida xotin-qizlar liderligini rivojlantirish uchun moslashtirilgan tavsiyalar beriladi. Maqolaning ilmiyyangiligi shundaki, unda Fransiya davlat xizmatida ayol rahbarlar salohiyatini oshirish va ish joyida tenglikni ta’minlashsiyosati chuqur tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan konseptual modeli taklif etiladi
ayol rahbarlar, davlat xizmati, rahbarlik salohiyati, gender tengligi, ish joyida tenglik, Fransiya, INSP, DGAFP, talent-pool, kvota tizimi, genderga sezgir kadrlar siyosati.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.