Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 3 № 11 (2025)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING EKSTENSIV, INTENSIV VA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IQTISODIY O‘SISHINING EKONOMETRIK TAHLILI
Bustonov, Mansurjon
Аннотация
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sish jarayonlarining ekstensiv, intensiv va raqamliiqtisodiyot sharoitida shakllanishi hamda ularning o‘zaro ta’sir mexanizmlari iqtisodiy-statistik va ekonometrik yondashuvlarasosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida mamlakat iqtisodiyotining tarixiy ekstensiv rivojlanish modeli imkoniyatlariva cheklovlari bilan bir qatorda, intensiv rivojlanishning mehnat unumdorligi, kapital samaradorligi hamda texnologikmodernizatsiya orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishdagi ustunliklari aniqlanadi. So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotningjadal rivojlanishi iqtisodiy o‘sishning yangi drayverlari sifatida raqamli transformatsiya, big-data, avtomatlashtirish, sun’iyintellekt va biznes jarayonlarini optimallashtirish rolini kuchaytirayotgani ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqotda 2000–2024-yillar makroiqtisodiy ma’lumotlari asosida iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar OLS, VAR, ECM, Granger sababiylik testiva ARDL modellari orqali baholandi. Olingan natijalar O‘zbekiston iqtisodiyotida intensiv va raqamli omillarning kuchayishibarqaror iqtisodiy o‘sish trajektoriyasini shakllantirayotganini ko‘rsatadi
iqtisodiy o'sish, ekstensiv rivojlanish, intensiv rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, mehnat unumdorligi, texnologik modernizatsiya, sun'iy intellekt, iqtisodiy siyosat, ekonometrik modellar, Greynjer sababiy aloqasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.