Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-том 12-сан (2025)
IJTIMOIY SIYOSAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI: O‘ZBEKISTONNING AMALIY YONDASHUVI VA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Bafoyev, Farrux
Аннотация
Ushbu maqolada ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston misolidatahlil qilinadi hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida O‘zbekistonda ijtimoiyhimoya tizimini modernizatsiya qilish, manzilli yordamni takomillashtirish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llabquvvatlash,raqamli monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar statistik va institusionalyondashuv asosida baholanadi. Shuningdek, OECD (IHTT), Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya va Skandinaviyamamlakatlarining ilg‘or amaliyotlari o‘rganilib, ularning samarali mexanizmlarini O‘zbekiston sharoitida qo‘llashimkoniyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish, indikatorlar tizimini takomillashtirishhamda xalqaro standartlarga mos boshqaruv modelini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni taqdim etadi
ijtimoiy siyosat, samaradorlik, ijtimoiy himoya, manzilli yordam, farovonlik, raqamlashtirish, indikatorlar tizimi, xalqaro tajriba, OECD, barqaror rivojlanish, ijtimoiy tenglik, institusional yondashuv, monitoring tizimi, aholi qatlamlari, ijtimoiy xizmatlar
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.