Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 3 № 12 (2025)
OʻZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA XORIJLIK TALABALARNI JALB ETISHDA YASHIL MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH
Sharopova, Nafosat, Xolmamatov, Diyorbek
Аннотация
Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijlik talabalar sonini oshirishda yashil marketingstrategiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy maqsad dunyoning yetakchi universitetlariningbarqarorlik va yashil marketing sohasidagi ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va ularni mahalliy sharoitga xususan, Toshkentdavlat iqtisodiyot universiteti kabi nufuzli muassasalar kontekstida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishdir. Tadqiqot natijalarishuni ko‘rsatadiki, yashil infratuzilmani rivojlantirish, barqarorlik hisobotlarini muntazam nashr etish va ekologik startaplarnirag‘batlantirish kabi chora-tadbirlar universitet imijini mustahkamlaydi, xalqaro talabalarning ishonchini oshiradi va ularnijalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro miqyosda kuzatilayotgan barqarorlik tendensiyalari endi talabalarning ta’limmuassasasini tanlashida hal qiluvchi omilga aylanmoqda. Maqola oliy ta’lim rahbarlari, marketing mutaxassislari va ta’limsiyosatini ishlab chiqadigan tashkilotlar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin. Unda mahalliy universitetlarningraqobatbardoshligini oshirish va xalqaro ta’lim bozoridagi o‘rnini mustahkamlash uchun zamonaviy yondashuvlar taklifetiladi.
yashil marketing, xorijiy talabalar, barqarorlik strategiyalari, oliy ta’lim muassasalari, universitet imiji, ekologik tadbirlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.