Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 3 № 12 (2025)
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING MOLIYAVIY RISK BOSHQARUVIDAGI XALQARO VA MILLIY AMALIYOTI
Abdiyev, Otabek
Аннотация
Mazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining moliyaviy risklarni boshqarish jarayonidagi o‘rni vaahamiyati xalqaro hamda milliy amaliyot misolida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda moliyaviy instrumentlar riskinibaholashda qo‘llanilayotgan sun'iy intellekt modellarining amaliy samaradorligi, jumladan, mashinaviy o‘rganish, neyrontarmoqlar va prognozlash algoritmlarining risklarni aniqlashdagi ustunliklari ochib beriladi. Shuningdek, AQSh, YevropaIttifoqi va Osiyo mamlakatlarida yetakchi moliya institutlari tomonidan sun'iy intellekt asosida risklarni boshqarish tajribalaritizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Maqolaning amaliy qismida O‘zbekiston bank tizimi misolida, xususan, Ipoteka bank faoliyatiasosida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali kredit va moliyaviy risklarni kamaytirish imkoniyatlari, ularningiqtisodiy samaradorligi va natijadorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishmoliyaviy barqarorlikni ta'minlash, risklarni oldindan aniqlash va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishda muhim omilekanini ko‘rsatadi.
sun'iy intellekt, moliyaviy risklar, risklarni boshqarish, moliyaviy instrumentlar, mashinaviy o‘rganish, bank tizimi, iqtisodiy samaradorlik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.