Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-том (2025)
QISHLOQ HUDUDLARIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING (FAO, UNDP, IFAD) LOYIHALARI TAJRIBASI
Z.B.Negmatullayeva, О.Q.Xudayberdiyeva
Аннотация
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda qishloq hududlarida kambag‘allikni qisqartirishda Birlashgan Millatlar TashkilotiOziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Birlashgan Millatlar Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Xalqaro qishloq xo‘jaliginirivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) loyihalarining samaradorligini tahlil qiladi. Tadqiqotda aralash metodologiya qo‘llanilganbo‘lib, u miqdoriy statistik tahlil va sifatiy loyiha baholashni o‘z ichiga oladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro tashkilotlarloyihalari O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini 2021-yildagi 17 foizdan 2024-yil oxiriga kelib 8,9 foizgacha kamaytirishgasezilarli hissa qo‘shgan. IFAD tomonidan moliyalashtirilgan Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalashloyihasi (ADMP) Farg‘ona vodiysida 75 000 oilaning daromadini oshirishga yordam bergan. FAO ning "Raqamli qishloqlartashabbusi" va UNDP ning "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturi innovatsion yondashuvlarni joriy etgan. Tadqiqotxalqaro tashkilotlar tajribasini milliy rivojlanish strategiyalari bilan integratsiyalashning samarali modelini taklif qiladi.
qishloq kambag‘alligi, xalqaro tashkilotlar, FAO, UNDP, IFAD, barqaror rivojlanish, O‘zbekiston
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.