Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 12-son (2025)
KORXONALARDA INSON KAPITALIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI: NAZARIYA, AMALIYOT VA GLOBAL BRENDLAR TAJRIBASI
Axmedov, Muzaffar
Annotatsiya
Ushbu maqolada korxonalarda inson kapitalidan samarali foydalanishning nazariy asoslarini, amaliyyo‘llarini dunyoning yetakchi brend korxonalari tajribasi va zamonaviy ilmiy izlanishlar asosida tahlil qilindi. Maqoladaasosiy e’tibor inson kapitalini strategik raqobat ustunligi manbaiga aylantiruvchi boshqaruv yondashuvlariga, shujumladan, Google, Amazon, Patagoniya, Apple va Zara kabi kompaniyalar namuna amaliyotlariga qaratilgan. Tadqiqotshuni ko‘rsatadiki, samaradorlik nafaqat nazariy yondashuvni, balki uni amalga oshirishning aniq, korporativ madaniyatgamos mexanizmlarini talab qiladi. Global brendlar tajribasi shuni isbotlaydiki, innovatsion menejment, qat’iy ma’lumotlargaasoslangan qarorlar, ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni markazga qo‘yish, integratsiyalashgan dizayn va muhandislik muhitiva tezkor moslashuvchanlikni rag‘batlantirish inson kapitalidan maksimal samara olishning muvaffaqiyatli modellaridir.
inson kapitali, strategik inson resurslarini boshqarish, global brendlar, talent menejment, ma’lumotlarga asoslangan HR, korporativ madaniyat, ishchi kuchi moslashuvchanligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.