Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-tom 12-san (2025)

HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI

Isrofilov, Firdavs

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Haddan tashqari ko‘p turistlar tashrifi (overtourism) turistik oqimning keskin o‘sishi natijasida hududningekologik, ijtimoiy va infratuzilmaviy sig‘imiga ortiqcha yuklanish yuzaga kelishi, mahalliy aholi farovonligining pasayishihamda turistlar taassurotlarining salbiylashuvi bilan bog‘liq holat sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada hududdagituristik destinatsiyalarning barqaror rivojlanishi sharoitida haddan tashqari turistlar yuklanishi ta’sirini kamaytirish usullariilmiy asosda tizimlashtirildi va Samarqand viloyati misolida (madaniy va shahar turizmi) 2024-yilda rasmiy ma’lumotlarasosida tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi doirasida qiyosiy-tahliliy yondashuv, keys-tadqiqot, indikatorlar tizimi(oqim–sig‘im–bosim–ta’sir) hamda boshqaruv instrumentlari portfelidan foydalanildi. Natijalar bo‘limida O‘zbekistonbo‘yicha 2024-yilda turistik maqsadda kelgan chet el fuqarolari soni 8,2 mln nafarni, Samarqand viloyatida esa 2 mln 523ming nafardan ortiq xorijiy va 4 mln 715 ming nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurgani asosida hududiy bosim nuqtalari,kunlik va mavsumiy zichlik, shahar markazida funksional tiqilish hamda servis inflyasiyasi kabi xatarlar aniqlab berildi.Xorijiy tajribada (Venesiya, Amsterdam, Barselona) qo‘llanilayotgan tarif, kvota, vaqt-slot, litsenziya va raqamli nazoratmexanizmlari bilan qiyosiy tahlil asosida Samarqand shahri uchun amaliy takliflar paketi ishlab chiqildi. Jumladan, “ertaogohlantirish indeksi”, dinamik narxlash mexanizmi, piyodalar hududlari rejimi, avtoturistlar uchun “park&ride” tizimi, tarixiymarkazda qisqa muddatli ijara litsenziyasi, turistik oqimni tumanlar bo‘yicha diversifikatsiya qiluvchi klaster yo‘nalishlarihamda jamoa manfaatlarini ta’minlovchi “foyda taqsimoti” modeli taklif etildi.

haddan tashqari ko‘p turistlar tashrifi, barqaror turizm, turistik manzil, madaniy turizm, shahar turizmi, bardoshlilik sig‘imi, oqimni boshqarish, raqamli monitoring

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Isrofilov, Firdavs (2025). HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI. Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт, 3(12).
GOST R 7.0.5
Isrofilov, Firdavs HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI // Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. 2025. Т. 3. № 12.
BibTeX
@article{firdavs2025,
  author  = {Isrofilov, Firdavs},
  title   = {HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI},
  journal = {Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт},
  year    = {2025},
  volume  = {3},
  number  = {12}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Isrofilov, Firdavs
TI  - HUDUDDA TURISTIK DESTINATSIYALARNING BARQAROR RIVOJLANISHIDA OVERTOURISM TA’SIRINI KAMAYTIRISH USULLARI
JO  - Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт
PY  - 2025
VL  - 3
IS  - 12
ER  -