Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 1 (2026)
YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGI TRANSFORMATSIYASI VA UNING MOLIYAVIY XAVFSIZLIKKA TA’SIRI
Tashmuxamedova, Yayra
Abstract
Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligi samaradorligi va uning davlat moliyaviy xavfsizligigata’siri baholandi. 2018–2025-yillar statistik ko‘rsatkichlari asosida soliq tushumlarining YaIMdagi ulushi lineer regressiyava trend tahlili yordamida hisoblandi. Natijalar ko‘rsatdiki, ko‘rsatkich barqaror o‘sishga ega (R²=0,91) va 2030-yilga borib14,1 % atrofida bo‘lishi prognoz qilinadi. Kengaytirilgan ekonometrik model raqamlashtirishning ijobiy, yashirin iqtisodiyotva inflyatsiyaning salbiy ta’sirini tasdiqladi. Xulosa o‘rnida, soliq ma’muriyatchiligi fiskal barqarorlik va moliyaviy xavfsizliknita’minlashda muhim omil sifatida qayd etiladi
soliq ma’muriyatchiligi, moliyaviy xavfsizlik, regressiya, trend tahlili, raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyot, inflyatsiya, fiskal siyosat, YaIM, prognoz
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.