Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 1-san (2026)
TIJORAT BANKLARI AKTIVLARINI DIVERSIFIKATSIYALASHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ROLI
O‘ktamova, Nozima
Annotaciya
Ushbu maqolada tijorat banklarida aktivlar diversifikatsiyasi va raqamli transformatsiya strategiyalariningbanklarning moliyaviy barqarorligi hamda rentabelligiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda bank sektoritexnologik innovatsiyalarning jadallashuvi, raqamli xizmatlar ko‘lamining kengayishi hamda global moliyaviy muhitdagio‘zgarishlar sharoitida o‘z strategik yondashuvlarini takomillashtirishga intilmoqda. Xususan, aktivlarni diversifikatsiyalashva raqamli transformatsiyani uyg‘unlashtirish bank faoliyatining muhim strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyonbo‘lmoqda. Maqolada bank aktivlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi hamdaularning moliyaviy natijalarga ta’siri empirik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida bank aktivlari dinamikasi, o‘sishtendensiyalari va risklarni boshqarish mexanizmlari regressiya va trend tahlili usullari yordamida baholandi. Olingannatijalar raqamli transformatsiya bank aktivlari diversifikatsiyasini chuqurlashtirish, risklarni muvozanatlashtirish vabanklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashda muhim omil ekanini tasdiqlaydi.
tijorat banklari, bank aktivlari, aktivlar diversifikatsiyasi, moliyaviy barqarorlik, regressiya tahlili, vaqt qatori, iqtisodiy tahlil, prognozlash, raqamli transformatsiya, bank strategiyasi
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.