Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild (2025)
YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISHDA ILG‘OR MUHANDISLIK MAKTABLARI VA TEXNOPARKLARNING AHAMIYATINI AKADEMIK TA’LIM JIHATIDAN TAKOMILLASHTIRISH
Mirzaliyev, Sanjarbеk
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ilg‘or muhandislik maktablariva texnoparklarning tutgan o‘rni, ularni akademik ta’lim bilan integratsiya qilishning zaruriyati va samaradorligi tahlilqilinadi. Industriya 4.0, raqamli transformatsiya, energiya tejamkor texnologiyalar va ekologik innovatsiyalar asosidamuhandislarni tayyorlash jarayoni yashil kompetensiyalar shakllanishining asosiy omili sifatida qaraladi. Texnoparklarbilan hamkorlik o‘quv jarayonini amaliy tadqiqotlar, startaplar va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan boyitadi, bu esatalabalarni real sanoat muammolarini hal eta oladigan, ekologik mas’uliyatli va innovatsion fikrlovchi mutaxassislarsifatida shakllantiradi. Tadqiqot natijalari ilmiy-ta’lim klasterlarining kengaytirilishi, texnopark–universitet integratsiyasiningkuchaytirilishi va yashil texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma dasturlarning joriy etilishi mamlakatning texnologik mustaqilligi,sanoat raqobatbardoshligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi omil ekanini ko‘rsatadi.
Yashil iqtisodiyot, ilg‘or muhandislik maktablari, texnoparklar, akademik ta’lim, innovatsiyalar, sanoat 4.0, raqamli transformatsiya, yashil kompetensiyalar, energiya tejamkor texnologiyalar, ilmiy-ta’lim klasterlari, startap ekotizimi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.