Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 1-нөмір (2026)
SOLIQ YUKINI HISOBLASH VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TAHLILINING METODOLOGIK JIHATLARI
Abdullayev, Abror
Аңдатпа
Maqolada xo‘jalik subyektlari va davlat byudjeti uchun muhim moliyaviy indikator hisoblangan soliqyukini baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Unda soliq yukini aniqlashda qo‘llaniladigan mualliflik formulasi, soliq yukitushunchasi hamda turli hisoblash usullari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Jadval va manbalar asosida soliq yukining miqdoriyva nisbiy ko‘rsatkichlari, shuningdek uning dinamikasini shakllantiruvchi asosiy omillar — daromad va foyda darajasi,soliq stavkalari va tizimi, ijtimoiy to‘lovlar va bonuslar, iqtisodiy hamda bozor sharoitlari, shuningdek soliq imtiyozlari tahlilqilingan. Bundan tashqari, soliq yukini baholash davlat va xo‘jalik subyektlari uchun samarali soliq siyosatini yuritish,barqaror iqtisodiy muhitni ta’minlash va moliyaviy resurslarni strategik taqsimlashda muhim ahamiyatga ega ekani asoslabberilgan. Tadqiqot natijalari soliq siyosati va qonunchiligini takomillashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda xo‘jaliksubyektlari faoliyati uchun samarali soliq muhitini shakllantirishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi
soliq yuki, soliq stavkasi, soliq tizimi, soliq imtiyozlari, daromad darajasi, foyda darajasi, ijtimoiy to‘lovlar, soliq siyosati, soliq to‘lovlari.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.