Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 2-нөмір (2026)
O‘ZBEKISTON TURIZM INDUSTRIYASI RIVOJLANISHIDA FORSAYT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH
Turdibekov, Xasan
Аңдатпа
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston turizm industriyasining hozirgi rivojlanish sharoitida forsayt texnologiyalariniqo‘llashning zarurati va ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotning dolzarbligi global noaniqliklar, raqamli transformatsiyava turizm bozoridagi tezkor strukturaviy o‘zgarishlar sharoitida an’anaviy rejalashtirish yondashuvlarining cheklanganligibilan izohlanadi. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili turizm sohasida forsayt texnologiyalarini, ayniqsa rivojlanayotganmamlakatlar kontekstida, kompleks strategik boshqaruv modeli sifatida tadqiq etish yetarli darajada yoritilmaganiniko‘rsatdi va ushbu bilim bo‘shlig‘i aniqlashtirildi. Tadqiqotda sifat va miqdoriy usullar uyg‘unligiga asoslangan metodologiyaqo‘llanilib, zaif signallar tahlili, Delphi ekspert baholashi, ssenariy modellashtirish hamda iqtisodiy modellashtirish orqaliO‘zbekiston turizm industriyasining muqobil rivojlanish yo‘nalishlari baholandi. Olingan natijalar forsaytga asoslanganstrategik yondashuv investitsiya risklarini kamaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va turizmningmilliy iqtisodiyotga multiplikativ ta’sirini kuchaytirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari davlat turizm siyosatinitakomillashtirish, hududiy turistik klasterlarni rivojlantirish va uzoq muddatli strategik qarorlar qabul qilishda ilmiy-amaliyahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida forsayt texnologiyalarini hududlar va alohida turizm segmentlari kesimida chuqurroqtadqiq etish zarurligini asoslaydi.
forsayt texnologiyalari; turizm industriyasi; strategik boshqaruv; ssenariy modellashtirish; iqtisodiy samaradorlik; O‘zbekiston
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.