Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 2 (2026)
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BANKLARNING CHAKANA KREDITLASH AMALIYOTI TAHLILI
Axmedova, Dilrabo
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida chakana kreditlashamaliyotining zamonaviy holati va rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinadi. Xususan, mikroqarz va overdraftkreditlarining to‘liq raqamlashtirilishi, jismoniy shaxslar uchun masofaviy kredit mahsulotlari hajmining sezilarli darajadaoshishi hamda kredit portfeli tarkibida chakana segment ulushining kengayishi ilmiy asosda yoritiladi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, masofaviy bank xizmatlari infratuzilmasining takomillashuvi,plastik kartochkalar va to‘lov terminallari tarmog‘ining kengayishi bank amaliyotida raqamli transformatsiya jarayonlariningsamarali amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, raqamli kreditlashning yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishiga,moliyaviy inklyuziya darajasining oshishiga hamda bank xizmatlari samaradorligining yuksalishiga ta’siri tahlil etiladi
raqamli transformatsiya, chakana kreditlash, bank amaliyoti, YaIM, kredit portfeli, mikroqarz, overdraft, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy bank xizmatlari, plastik kartochkalar, to‘lov terminallari
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.