Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026)
O‘ZBEKISTON FRANCHAYZING BRENDLARINING XALQARO BOZORLARDA IMIJINI MUSTAHKAMLASHDA ZAMONAVIY BRENDBUKLAR YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY YECHIMLARI
Xodjayev, Anvar
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston franchayzing brendlarining xalqaro bozorlardagi imijini mustahkamlashdazamonaviy brendbuklarni yaratishning nazariy asoslari va amaliy yechimlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotdaglobal marketing konsepsiyalari, brend identifikatsiyasi, vizual kommunikatsiya hamda franchayzing tizimidagi strategikboshqaruv yondashuvlari asosida brendbuklarning ahamiyati asoslab berilgan. Xalqaro brendlar tajribasi hamdaO‘zbekiston franchayzing subyektlarining amaldagi faoliyati kontent-tahlil, komparativ tahlil, SWOT-tahlil va ekspertintervyulari asosida o‘rganilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, milliy franchayzing kompaniyalarida professional darajada ishlab chiqilgan brendbuklaramaliyotini yanada kengaytirish brend imijini izchil shakllantirish va xorijiy bozorlarda samarali kommunikatsiyani ta’minlashuchun muhim imkoniyat hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli platformalarga moslashtirilgan, modul tamoyiligaasoslangan brendbuklarni ishlab chiqish kompaniyalarning vizual identifikatsiyasi, marketing kommunikatsiyasi hamdaiste’molchilar bilan emotsional aloqalar samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslabberilgan.Tadqiqot natijalari franchayzing subyektlari uchun brendbuklardan strategik marketing vositasi sifatida samarali foydalanishbo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi
franchayzing, brendbuk, brend identifikatsiyasi, brend imiji, marketing kommunikatsiyalari, vizual identifikatsiya, xalqaro marketing, franchayzing strategiyasi, brend menejmenti, raqamli marketing, glokalizatsiya, iste’molchi xulq-atvori, korporativ dizayn, strategik kommunikatsiya, brend qadriyatlari
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.