Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 2-san (2026)
TARIFLASH VA REZERVLASHNING ILMIY-AMALIY MODELI (OʻZBEKISTON SHAROITIGA MOSLASHTIRILGAN)
Maxmudov, Komoliddin
Annotaciya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston sugʻurta bozori sharoitida tariflash (premiyani hisoblash) va rezervlash(sugʻurta majburiyatlarini qoplash zaxiralari)ni uygʻunlashtiruvchi ilmiy-amaliy model asoslanadi. Taklif etilayotganyondashuv riskka asoslangan narxlash, aktuar hisob-kitoblar, portfel risklarini segmentatsiya qilish, inflyatsiya va qaytasugʻurtalash omillarini bir tizimga keltirib, tarif stavkalarini dalillarga tayangan holda kalibrovka qilish hamda rezervlaryetarliligini stoxastik baholashga qaratilgan. Model doirasida stress-ssenariylar orqali toʻlov qobiliyatini tekshirish, KPIko‘rsatkichlari (loss ratio, combined ratio, reserve adequacy va h.k.) bilan nazorat qilish taklif etiladi. Natijada sugʻurtatashkilotlarida narx belgilash shaffofligi, zaxiralar sifati va risk-menejment qarorlarining asoslanganligi oshadi.
tariflash, rezervlash, aktuar hisob, sugʻurta zaxiralari, riskka asoslangan yondashuv, portfel risklari, qayta sugʻurtalash, toʻlov qobiliyati, stress-test
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.