Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 3 (2026)
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INNOVATSION TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING FISKAL VA INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Mamatova, Nodira
Аннотатсия
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining innovatsion faolligini barqaroroshirishda davlat kafolatlari, grantlar hamda institutsional-moliyaviy mexanizmlarning o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan tahlilqilinadi. Tadqiqotda davlat kafolatlarining huquqiy mohiyati, tadbirkorlik erkinligi va mulk huquqini himoya qilish orqalimoliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.Shuningdek, grant dasturlari, venchur moliyalashtirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (R&D)rag‘batlantiruvchi soliq instrumentlari, soliq va bojxona preferensiyalari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamdainnovatsiyalarni soddalashtirilgan tartibda sinab ko‘rishga imkon beruvchi maxsus rejimlar kichik va o‘rta biznes uchunkompleks qo‘llab-quvvatlash ekotizimi sifatida talqin etiladi.Maqolada ushbu instrumentlarning o‘zaro uyg‘unligi “moliyalashtirish — risklarni kamaytirish — innovatsiyalarnitijoratlashtirish — biznesni kengaytirish (masshtablash)” zanjiri orqali samaradorlikni oshirishi hamda institutsionalinfratuzilma bilan uyg‘un holda qo‘llanilganda raqobatbardoshlik va investitsiya jozibadorligini mustahkamlashi ko‘rsatibberiladi. Tadqiqot natijalari davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini strategik maqsadlar, monitoring mexanizmlari vanatijadorlik mezonlari bilan muvofiqlashtirish innovatsion iqtisodiy o‘sishning barqaror asoslarini shakllantirishga xizmatqilishini asoslaydi
raqamli iqtisodiyot; kichik va o‘rta biznes; davlat kafolatlari; grantlar; venchur moliyalashtirish; R&D; soliq rag‘batlari; soliq va bojxona preferensiyalari; davlat-xususiy sheriklik; sandboks; innovatsion infratuzilma; institutsional mexanizmlar; risklarni taqsimlash; tijoratlashtirish; biznesni kengaytirish; investitsiya jozibadorligi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.