Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 3-сан (2026)
MARKAZIY BANK KURS SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Saydullayev, Nodirbek
Аннотация
Ushbu maqolada markaziy bankning kurs siyosati samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy asoslarihamda amaliy mexanizmlari kompleks yondashuv asosida tadqiq etilgan. Valyuta kursi rejimlarining transformatsiyasi,inflyatsion targetlash sharoitida kurs kanalining monetar transmissiya mexanizmidagi o‘rni hamda ochiq iqtisodiyotsharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda kurs siyosatisamaradorligi valyuta intervensiyalari strategiyasi, foiz stavkasi differensiali, kapital oqimlari barqarorligi, iqtisodiykutilmalarni boshqarish sifati va valyuta kursining inflyatsiyaga uzatilish darajasi kabi omillar bilan o‘zaro bog‘liqlikdabaholangan. Shuningdek, kurs siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida kommunikatsion shaffoflikni kuchaytirish,makroprudensial instrumentlarni integratsiyalash, xalqaro zaxiralarni oqilona boshqarish hamda raqamli prognozlashmodellarini joriy etishning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va markaziybank siyosatining institutsional samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
markaziy bank, kurs siyosati, valyuta kursi rejimi, inflyatsion targetlash, monetar transmissiya mexanizmi, valyuta intervensiyasi, makroprudensial siyosat, valyuta kursining inflyatsiyaga uzatilishi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.