Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 3-son (2026)
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA IOT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Mirzaev, Dilshod
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida IoT (Buyumlar interneti)texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Zamonaviy raqamlitexnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, real vaqt rejimida monitoring olib borishva mahsulot sifatini doimiy nazorat qilish masalalari yoritilgan. IoT asosidagi sensor qurilmalar yordamida harorat, namlik,bosim, energiya sarfi va boshqa texnologik ko‘rsatkichlarni masofadan boshqarish imkoniyatlari ochib berilgan.Maqolada IoT tizimlarining don, meva-sabzavot hamda yog‘-moy mahsulotlarini qayta ishlashdagi qo‘llanilishi misollarasosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish samaradorligi oshishi,resurs tejamkorligi ta’minlanishi, mahsulot yo‘qotishlari kamayishi va korxonalarning raqobatbardoshligi kuchayishiasoslab berilgan.Bundan tashqari, IoT texnologiyalarini tatbiq etishda yuzaga keladigan iqtisodiy, texnik va infratuzilmaviy muammolarham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligimahsulotlarini qayta ishlash sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish barqaror rivojlanish va innovatsiono‘sishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi
IoT, Buyumlar interneti, aqlli ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, mahsulotni qayta ishlash, real vaqt monitoringi, sensor texnologiyalari, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya, Smart Factory, energiya samaradorligi, Big Data
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.