Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 3 (2026)
MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA INNOVATSION LOYIHALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI
Xamrayev, Quvvat
Аннотация
Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida innovatsion loyihalar samaradorligini baholashmetodlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida diskontlangan pul oqimi (DCF), ma’lumotlarni qamrabolish tahlili (DEA), muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi (BSC) hamda innovatsion samaradorlik indeksi (IEI) usullari qiyosiyjihatdan baholandi. Har bir metodning mintaqaviy iqtisodiyotda qo‘llanish imkoniyatlari va amaliy cheklovlari aniqlashtirildi.Baholash jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik natijalarni kompleks hisobga olishga asoslangan integral metodologikmodel ishlab chiqildi. Mazkur model innovatsion loyihalarning hayot sikli bosqichlari bilan bog‘liq baholash mexanizminiaks ettiradi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy innovatsion faollikni baholash hamda boshqaruv qarorlarini asoslash uchunmuhim metodologik asos yaratadi. Taklif etilgan yondashuv innovatsion loyihalarni tanlash, monitoring qilish va yakuniysamaradorligini aniqlash jarayonlarini tizimli ravishda tashkil etishga xizmat qiladi.
innovatsion loyiha samaradorligi, mintaqaviy rivojlanish, diskontlangan pul oqimi (DCF), ma’lumotlarni qamrab olish tahlili (DEA), muvozanatli ko‘rsatkichlar tizimi (BSC), innovatsion samaradorlik indeksi (IEI), integral baholash modeli.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.