Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 3-son (2026)
ICHKI AUDIT SIFATI VA SAMARADORLIGI TUSHUNCHALARINING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Ergashev, Olloyor
Annotatsiya
Mazkur maqolada ichki audit sifati va samaradorligi tushunchalarining iqtisodiy mazmuni, ularning nazariyasoslari hamda o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda ichki auditning korporativ boshqaruv tizimidagi o‘rni, ichkinazorat mexanizmlarini takomillashtirishdagi ahamiyati hamda boshqaruv qarorlarining sifatiga ta’siri tahlil qilingan.Shuningdek, ichki audit sifati auditorlarning kasbiy kompetensiyasi, mustaqilligi, audit metodologiyasining mukammalligi,riskka asoslangan yondashuv va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi bilan bog‘liqligi yoritilgan. Ichki auditsamaradorligi esa audit natijalarining ishonchliligi, boshqaruv qarorlariga amaliy ta’siri, xarajatlarni optimallashtirish,moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda korxona faoliyati samaradorligini oshirishdagi roli orqali baholangan. Maqoladaxalqaro audit standartlari, IAASB yondashuvi hamda audit sifati ko‘rsatkichlari asosida ichki audit sifati va samaradorligio‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida ichki audit sifatini oshirish audit samaradorliginita’minlashning asosiy sharti ekanligi, buning natijasida korporativ boshqaruv sifati va korxona iqtisodiy barqarorligimustahkamlanishi to‘g‘risida ilmiy xulosalar shakllantirilgan.
ichki audit, audit sifati, audit samaradorligi, ichki nazorat, korporativ boshqaruv, audit ko‘rsatkichlari, risklarni boshqarish, audit metodologiyasi, auditor mustaqilligi, iqtisodiy samaradorlik, moliyaviy intizom, audit natijalari, boshqaruv qarorlari, IAASB, audit sifati indikatorlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.