Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 3-нөмір (2026)
O‘ZBEKISTON ZIYORAT TURIZMI BRENDINI SHAKLLANTIRISHDA MUQADDAS QADAMJOLARNING MARKETING SALOHIYATI
Turayev, Ziyadulla
Аңдатпа
Ushbu maqolada O‘zbekiston ziyorat turizmi brendini shakllantirishda muqaddas qadamjolarning marketingsalohiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda ziyorat turizmi mamlakatning tarixiy-madaniy merosi, ma’naviy qiyofasi va xalqaroturizm imijini shakllantiruvchi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlarda ziyorat turizminingmarketing, destinatsiya imiji va tashrifchi tajribasi bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston sharoitidamuqaddas qadamjolarning aynan milliy turizm brendini yaratishdagi marketing imkoniyatlari yetarli darajada tizimlio‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ziyorat turizmi brendini shakllantirishda muqaddas qadamjolarningmarketing salohiyatini aniqlash va baholashdan iborat. Tadqiqotda manbaviy tahlil, mazmuniy tahlil, qiyosiy tahlil hamdatavsifiy-tahliliy yondashuvlardan foydalanildi. Tahlil uchun rasmiy turizm portallari, ziyorat maskanlari tavsiflari, marshrutmateriallari va targ‘ibot matnlari asos qilib olindi.
ziyorat turizmi, muqaddas qadamjolar, turizm brendi, marketing salohiyati, destinatsiya imiji, ziyorat marshrutlari, raqamli targ‘ibot, O‘zbekiston turizmi
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.