Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 3 (2026)
O‘ZBEKISTONDA VAZIRLIK VA IDORALARDA ICHKI AUDIT XIZMATLARI FAOLIYATINI BAHOLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI
Ibragimova, Muxlisa
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan ichki audit xizmatlarifaoliyatini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslari, amaldagi mezonlari, 2025-yil yakunlari hamda ularning samaradorliginioshirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibining normativ asoslari,baholash savolnomasining tuzilishi, yo‘nalishlar bo‘yicha vazn koeffitsiyentlari, 11 ta vazirlik va idora misolida aniqlangannatijalar hamda tizimli kamchiliklar o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ichki audit xizmatlari sifat darajasiga eng kuchlita’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida xavf tahliliga asoslangan yillik rejalashtirish, audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiqo‘tkazilishi, chora-tadbirlar rejasining bajarilishi, ichki hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi va xodimlar malakasi ajralib turadi.2025-yilda baholashdan o‘tgan tashkilotlarning 18 foizi “yuqori”, 55 foizi “o‘rta”, 27 foizi esa “past” darajada baholangan.Maqolada ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida riskga asoslangan auditnichuqurlashtirish, “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanishni kengaytirish, ichki audit xizmatlarining tashkiliymustaqilligini kuchaytirish, ichki hujjatlarni namunaviy nizomga muvofiqlashtirish, masofaviy auditni rivojlantirish vaauditorlar malakasini oshirish bo‘yicha xulosalar bayon etilgan
ichki audit, baholash, samaradorlik, davlat moliyaviy nazorati, xavf tahlili, audit sifati, ichki nazorat, raqamli audit, budjet intizomi, boshqaruv samaradorligi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.