Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 (2026)
YASHIL LOGISTIKA LOYIHALARIDA INVESTITSIYA RISKLARINI BAHOLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Sobirjonova, Nodira, Adashaliyev, Miraziz
Abstract
Maqolada Oʻzbekiston sharoitida yashil logistika loyihalarida investitsiya risklarini baholash va minimallashtirishmexanizmlari oʻrganilgan. Sifat va miqdoriy metodlar uygʻunlashtirilgan holda NPV, IRR, ssenariy tahlili hamda Monte-Karlo simulyatsiyasi (n = 5 000) qoʻllanilgan. Muallif tomonidan Integrallashgan Risk Indeksi (IRI) modeli taklif etilgan.5 mlrd soʻmlik loyiha uchun 12 yillik davrda musbat NPVga erishish ehtimoli 89,7 % ni, oʻrtacha NPV esa +1 786 mlnsoʻmni tashkil etgan. Moliyaviy (IRI = 0,78) va institutsional (IRI = 0,71) risklar asosiy toʻsiqlar sifatida aniqlangan. Xitoy,Qozogʻiston va Turkiya tajribasi asosida risklarni minimallashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan; ularning qoʻllanilishiumumiy IRI ni 0,68 dan 0,52 gacha pasaytirishi prognoz qilinmoqda.
yashil logistika; investitsiya riski; IRI modeli; Monte-Karlo simulyatsiyasi; ESG; barqaror transport; yashil moliya; Oʻzbekiston.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.