Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 (2026)
INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI: STRATEGIK TAHLIL VA ILMIY-NAZARIY ISTIQBOLLAR
Haitqulov, Behruz, Tayirov, Ozodbek
Abstract
Zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorliknirivojlantirishning fundamental mexanizmlari va strategik yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. TadqiqotdaO‘zbekiston Respublikasining 2022–2025-yillardagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, xususan, xizmat ko‘rsatish sohasiningyalpi ichki mahsulotdagi (YAIM) ulushi va tarkibiy o‘zgarishlari real statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Maqoladaxizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiyalarning nazariy-metodologik asoslari, xususan, “xizmat ko‘rsatish dominantligi”(Service-Dominant Logic) va “tovarlar dominantligi” (Goods-Dominant Logic) konsepsiyalari o‘rtasidagi ilmiy bahslar,shuningdek, innovatsiyalarni tushunishdagi assimilatsiya, differensiatsiya va sintez yondashuvlari chuqur tahlil qilinadi.Tadqiqot jarayonida sun’iy intellekt, avtonom tizimlar va raqamli platformalarning xizmat ko‘rsatish tadbirkorligiga ta’siri,sohadagi tizimli muammolar, jumladan, norasmiy iqtisodiyotning ulushi va institutsional to‘siqlar aniqlangan. Natijadaxizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion faolligini rag‘batlantirishbo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Innovatsion iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, tadbirkorlik mexanizmlari, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, yalpi ichki mahsulot (YAIM), qiymatni birgalikda yaratish (value co-creation), servis iqtisodiyoti, institutsional muhit, servis innovatsiyasi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.