Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 3 (2026)
AVTOMOBIL SANOATIDA BREND STRATEGIYASINI RAQAMLI MARKETING VOSITALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH
Boboyev, Kadrxo‘ja
Abstract
Mazkur maqolada avtomobil sanoatida brend strategiyasini raqamli marketing vositalari orqali rivojlantirishningnazariy va amaliy jihatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — avtomobil sanoati korxonalaridabrend strategiyasini takomillashtirish jarayonida raqamli marketing vositalarining ahamiyatini aniqlash hamda ularningbrend kapitali, iste’molchilar sodiqligi va korxona raqobatbardoshligiga ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada raqamlimarketing vositalarining avtomobil sanoatida brend strategiyasini rivojlantirishdagi roli, xususan, ijtimoiy tarmoqlarmarketingi, qidiruv tizimlarini optimallashtirish (SEO), kontent marketingi, onlayn reklama platformalari hamda raqamlikommunikatsiya kanallarining samaradorligi tahlil qilinadi.
brend strategiyasi, raqamli marketing, raqamli marketing vositalari, strategik marketing, kontent marketingi, onlayn reklama, korxona raqobatbardoshligi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.