Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026)
ELEKTR UZILISHLARINING HUDUDIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA RISKLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Oltiboyeva, Feruza
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada elektr energiyasi uzilishlarining hududiy iqtisodiy barqarorlikka ko‘rsatadigan ta’siriva yuzaga keladigan iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan risklarni boshqarish mexanizmlari atroflichatahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi global energiya inqirozi hamda O‘zbekistonning sanoatlashgan hududlaridakuzatilayotgan energiya ta’minotidagi cheklovlar bilan asoslanadi. Maqolada elektr ta’minotidagi uzilishlarning kichikva o‘rta biznes subyektlari, sanoat korxonalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga ta’siri statistik ma’lumotlarasosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot davomida hududiy iqtisodiyotni energiya xavfsizligini ta’minlash orqalibarqarorlashtirishning institutsional va iqtisodiy vositalari taklif etilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, elektr uzilishlari YaHMo‘sish sur’atlarini 0,5 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirishi mumkin bo‘lgan jiddiy makroiqtisodiy omil hisoblanadi. Maqolayakunida hududiy miqyosda energiya auditini o‘tkazish, muqobil energiya manbalarini joriy etish va davlat-xususiysheriklik asosida infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan
elektr ta’minoti, hududiy iqtisodiyot, energiya xavfsizligi, risklarni boshqarish, YaHM, iqtisodiy yo‘qotishlar, modernizatsiya, barqaror rivojlanish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.