Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 4-сан (2026)
TIKUV-TRIKOTAJ MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KICHIK KORXONALARNING IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Abduhamidov, Abdurahmon
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston tikuv-trikotaj sanoatida faoliyat yurituvchi kichik korxonalarning asosiy iqtisodiyko‘rsatkichlari 2020-2022-yillar kesimida empirik va taqqosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot uchta viloyatda joylashgan30 ta kichik korxona ma’lumotlarini qamrab olib, ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, rentabellik, likvidlik hamdamoliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra, korxonalarda umumiy ishlabchiqarish hajmi uch yil davomida 54,8 % ga, sof foyda esa 67,7 % ga oshgan. Shu bilan birga, mehnat unumdorliginingo‘sish sur’atlari nisbatan pastroq bo‘lib, bu sohada kadrlar malakasini oshirish va texnologik modernizatsiyani jadallashtirishzaruratini ko‘rsatadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etgan bo‘lsa-da, qarz yuklamasi vadebitor qarzdorlikni optimallashtirish yo‘nalishida imkoniyatlar mavjud. Maqolada aniqlangan masalalarni hal etishgaqaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarinitakomillashtirish va tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
kichik korxonalar, tikuv-trikotaj sanoati, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, rentabellik, moliyaviy tahlil, mehnat unumdorligi, O‘zbekiston
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.