Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 4 (2026)
O‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI OSHIRISHDA AKT RIVOJLANISHINING O‘RNI
Sadriddinov, Ulug‘bek
Аннотация
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ma’muriy-hududiy birligi bo‘yicha 2010–2024-yillaroralig‘idagi statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Tadqiqotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasiningeksport hajmiga ta’siri 210 ta kuzatuvdan iborat panel ma’lumotlar asosida empirik jihatdan tahlil qilindi. Asosiy mustaqilo‘zgaruvchilar sifatida axborot va aloqa xizmatlari hajmi hamda kompyuter va texnik xizmatlar hajmi tanlandi, bog‘liq o‘zgaruvchisifatida esa yillik eksport hajmi (AQSh dollarida) olindi.Ma’lumotlarni tahlil qilishda tasodifiy ta’sir va qat’iy ta’sir modellari, shuningdek, ularning robustlik tekshiruv usullaridanfoydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, tanlab olingan AKT ko‘rsatkichlaridan kompyuter va texnik xizmatlar sohasiningrivojlanishi mamlakat hududlarining eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ko‘rsatkichbilan eksport hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik jihatdan ahamiyatli hamda musbat koeffitsiyentga ega ekani aniqlandi.Biroq axborot va aloqa xizmatlari ko‘rsatkichi modellashtirish jarayonida ushbu omillar o‘rtasidagi yuqori korrelyatsiyasababli multikollinearlik muammosiga duch kelib, manfiy koeffitsiyentni namoyon etdi. Nazorat o‘zgaruvchilari sifatidakiritilgan savdo ochiqligi va yalpi savdo hajmining eksport hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ham isbotlandi. Olingan natijalarmamlakatda AKT sohasiga oid siyosatni eksport strategiyasi bilan uzviy uyg‘unlashtirish muhimligini ko‘rsatdi hamda ushbuyo‘nalish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
AKT, O‘zbekiston, eksport, raqamli texnologiyalar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.