Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 4-san (2026)
YASHIL ISTE’MOL XULQ-ATVORINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI VA STRATEGIK ISTIQBOLLARI
Ishmuratov, Baxodir
Annotaciya
Ushbu maqola O‘zbekistonda yashil iste’mol xulq-atvorining shakllanishi hamda ungata’sir etuvchi iqtisodiy va ijtimoiy omillarni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda mamlakatda amalgaoshirilayotgan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi doirasida iste’molchilarning ekologik toza mahsulotlar,energiya samaradorligi va chiqindilarni boshqarishga bo‘lgan munosabatlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillardagistatistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, aholining, ayniqsa yosh avlodning ekologik xabardorligi ortib bormoqda,shu bilan birga narx omili va infratuzilma bilan bog‘liq cheklovlar yashil iste’molni kengaytirishda muhim omillarsifatida saqlanib qolmoqda. Maqolada raqamli iqtisodiyot va yashil marketingning iste’molchi tanloviga ta’sirikorrelyatsion tahlil asosida o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgantariflarning joriy etilishi resurslarni tejashga yo‘naltirilgan xulq-atvorni 8 foizga oshirgan. Tadqiqot yakunidayashil iste’molni rag‘batlantirish bo‘yicha iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
yashil iste’mol, ekologik xulq-atvor, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, energiya samaradorligi, yashil marketing, O‘zbekiston–2030
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.