Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 5-san (2026)
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QO‘LLABQUVVATLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Seitnazarov, Baxadir
Annotaciya
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish sharoitida suvtejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishmasalalari kompleks ilmiy yondashuv asosida o‘rganilgan. Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasi sharoitidaagrar sektorda suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati chuqur tahlilqilingan.Tadqiqotda suv tejovchi texnologiyalar, xususan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini joriy etish natijasida suvsarfini qisqartirish, hosildorlikni oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shubilan birga, Food and Agriculture Organization va World Bank ma’lumotlari asosida ushbu texnologiyalarning samaradorligixalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil qilingan.Maqolada davlat tomonidan qo‘llanilayotgan moliyaviy instrumentlar — subsidiyalar, imtiyozli kreditlar, grantlar vadavlat dasturlarining amaldagi holati baholanib, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda qamrov darajasi tahlil qilingan.Aniqlanishicha, mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ijobiy natijalar berayotgan bo‘lsa-da, ularning institutsionalsamaradorligi va amaliy qamrovi yetarli darajada emas.Shuningdek, tadqiqot doirasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlabchiqilgan bo‘lib, ular orasida subsidiyalar mexanizmini optimallashtirish, uzoq muddatli imtiyozli kreditlashni kengaytirish,davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb etish hamda raqamli monitoring tizimlarini joriy etish alohida ahamiyatkasb etadi.Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrar sektor samaradorliginioshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ular davlat agrar vamoliyaviy siyosatini takomillashtirishda metodologik asos sifatida xizmat qilishi mumkin
suv tejovchi texnologiyalar, davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi, agrar sektor, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar, suv resurslari, iqtisodiy samaradorlik, tomchilatib sug‘orish.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.