Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 5-сан (2026)
YASHIL INNOVATSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH IQLIM O‘ZGARISHLARIGA MOSLASHISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA: TIZIMLI TAHLIL VA KELGUSI TADQIQOT YO‘NALISHLARI
Turanov, Suhrob
Аннотация
Ushbu tadqiqot ishida yashil innovatsiyalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga joriy etishning iqlimo‘zgarishlariga moslashish va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi muhim roli tahlil qilinadi. Tadqiqot yashil iqtisodiyotva yashil innovatsiyalarni amalga oshirish jarayonlarini integratsiyalashgan yondashuv asosida ko‘rib chiqib, ularningbarqaror rivojlanish hamda iqlim o‘zgarishlarini yumshatishga qo‘shayotgan hissasini yoritadi.Yashil innovatsiyalarni moliyalashtirish va ularni amalga oshirish jarayonlari ko‘pincha alohida o‘rganilganligi sababliyuzaga kelgan ilmiy bo‘shliqni to‘ldirish mazkur tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biridir. Shu bois, tadqiqot ushbu ikkiyo‘nalishni o‘zaro bog‘liq tizim sifatida tahlil qilish zarurligini asoslaydi hamda ularning sinergik ta’sirini ochib beradi.Tadqiqot doirasida ilmiy maqolalarni tizimli tahlil qilish orqali yashil iqtisodiyot, innovatsion jarayonlar va ularni amalgaoshirish o‘rtasidagi mavjud ilmiy bilimlar sintez qilindi. Shuningdek, jarayonlarning samaradorligini oshirishga xizmatqiluvchi asosiy institutsional, moliyaviy va tashkiliy omillar aniqlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarishlab chiqildi.Olingan natijalar biznes subyektlari va moliyaviy institutlar uchun yashil innovatsiyalarni moliyalashtirish hamda samaraliamalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga qaratilganamaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
ekologik barqarorlik, yashil iqtisodiyot, innovatsiya, resurslardan samarali foydalanish, strategiyani amalga oshirish, barqaror qadriyatlar, tizimli fikrlash
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.