Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 5-san (2026)
SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA DRAYVER TARMOQLARNING O‘RNI VA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH ISTIQBOLLARI
Erdanayev, Bunyodjon
Annotaciya
Ushbu ilmiy maqolada Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, drayver tarmoqlari hamda yashiliqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali barqaror rivojlanishga erishish masalalari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotdavomida mintaqaning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) tarkibi, agrar sektorning ustuvorligi va logistika imkoniyatlario‘rganilgan. Shuningdek, maqolada Surxondaryo viloyatining quyosh energiyasi salohiyati hamda Sherobod quyoshfotoelektr stansiyasi misolida yashil energetikaga o‘tishning iqtisodiy samaradorligi baholangan. Statistik ma’lumotlartahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyat iqtisodiyoti 2025-yilda 106,6 foizlik o‘sish sur’atini saqlab qolgan bo‘lib, bunda xizmatlarsohasi va qishloq xo‘jaligi asosiy drayver tarmoqlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqola yakunida hududni ijtimoiyiqtisodiymodernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiyasoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Surxondaryo, drayver tarmoqlar, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, yalpi hududiy mahsulot, investitsiyalar, quyosh energiyasi, agrar sektor, iqtisodiy boshqaruv, modernizatsiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.