Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 (2026)
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MILLIY RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Sharipboyev, Husanboy, Abduraxmonova, Aqida
Аннотатсия
Ushbu maqolada global raqamlashtirish jarayonlari sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliginita’minlash va oshirishning konseptual asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi an’anaviy iqtisodiy modellarningraqamli transformatsiya talablariga moslashuvi hamda ushbu jarayonda “egizak o‘tish” (Twin Transition) — raqamliva yashil iqtisodiyot integratsiyasining tutgan o‘rni bilan izohlanadi. Maqolada milliy raqobatbardoshlikning zamonaviydrayverlari, jumladan, inson kapitalini raqamlashtirish, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish va tranzaksion xarajatlarnioptimallashtirish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli platformalar va sun’iy intellekttexnologiyalarining mamlakat eksport salohiyatini oshirishdagi strategik ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot yakunidaO‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro indekslardagi o‘rnini mustahkamlash hamda raqobatbardosh raqamli ekotizimnishakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
raqamli iqtisodiyot, milliy raqobatbardoshlik, konseptual asoslar, egizak o‘tish, raqamli transformatsiya, innovatsion rivojlanish, inson kapitali, tranzaksion xarajatlar
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.