Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom (2026)
ICHKI AUDIT TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO STANDARTLAR VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBA
Axmedov, Xasan, Ruzibayeva, Karima, Abdumalikova, Busalima
Annotaciya
Mazkur maqolada ichki audit tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Xususan,ushbu faoliyatni rivojlantirishda xalqaro standartlarning ahamiyati yoritilgan hamda “Institute of Internal Auditors”tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya vaboshqa rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ichki audit tizimi samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan hamda xorijiytajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga,ichki auditning tashkilotlar faoliyatidagi ahamiyati, risklarni boshqarishdagi roli hamda moliyaviy nazoratni kuchaytirishdagifunksiyalari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonda ichki audit tizimini yanada takomillashtirish bo‘yichaamaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur ilmiy izlanish davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy intizomnimustahkamlash va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi
ichki audit, xalqaro audit standartlari, moliyaviy nazorat, audit samaradorligi, shaffoflik, xorijiy tajriba, audit tizimi, korporativ boshqaruv, ichki nazorat tizimi
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.