Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 (2026)
O‘ZBEKISTON EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA DIVERSIFIKATSIYANING ROLI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Ashurova, Nilufar, Tillayev, Xurshidjon
Аннотатсия
Mazkur maqolada O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirishda diversifikatsiyaning tutgan o‘rni ilmiyjihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mamlakat eksport tarkibidagi mavjud muammolar, xususan, ayrim xomashyomahsulotlariga yuqori darajadagi qaramlik, logistika tizimidagi kamchiliklar va tashqi bozorlardagi raqobat muammolario‘rganildi. Shu bilan birga, eksport geografiyasini kengaytirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlabchiqarishni rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy ahamiyati asoslabberildi. Maqolada eksportni diversifikatsiya qilish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning xalqarobozordagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi iqtisodiy xavflarni kamaytirish mumkinligi yoritilgan. Tadqiqot natijalarigako‘ra, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, eksportyor korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va xalqaro standartlargamos mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish eksport salohiyatini oshirishning muhim yo‘nalishlari ekanligi aniqlandi
Eksport salohiyati, diversifikatsiya, tashqi savdo, logistika, iqtisodiy barqarorlik, raqobatbardoshlik, innovatsion texnologiyalar, eksport geografiyasi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.