Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 5-san (2026)
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA ENERGIYA SAQLASH TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Bobobekov, Ergash
Annotaciya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) rivojlantirish,xususan, quyosh va shamol energetikasidan samarali foydalanish hamda energiya saqlash tizimlarini (Battery EnergyStorage Systems - BESS) joriy etishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati kompleks tahlil qilingan. Jahon bozoridazamonaviy va ekologik toza texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, iqlim barqarorligini ta’minlash va uglerodneytralligiga erishish maqsadlari fonida mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasida amalga oshirilayotganijobiy islohotlar yoritilgan. Tadqiqot doirasida elektr energiyasiga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni qondirish, energiyaxavfsizligini ta’minlash va tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish masalalari chuqur o‘rganilgan. O‘zbekistonda 2030-yilgaqadar elektr energiyasi ishlab chiqarish balansida “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish strategiyasining ijrosi,bu borada xorijiy investitsiyalarni jalb etish holati hamda BESS texnologiyalarining tarmoq barqarorligini ta’minlashdagiishtiroki ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijasida tarmoqni raqamlashtirish va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashbo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan
Qayta tiklanuvchi energiya, quyosh energetikasi, shamol energetikasi, energiya saqlash tizimi, BESS texnologiyalari, yashil iqtisodiyot, energiya samaradorligi, energetika xavfsizligi, ekologik barqarorlik, innovatsion texnologiyalar, investitsiya jozibadorligi, dekarbonizatsiya, yashil tariflar, davlat xaridlari, iqlim barqarorligi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.