Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 5 (2026)
O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kurbanov, Baxodir
Аннотатсия
Ushbu maqolada O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tizimining amaldagi holatikompleks tahlil qilinib, uning asosiy muammolari yoritib berilgan. So‘nggi yillarda oliy ta’lim qamrovi sezilarli darajadaoshgani natijasida moliyalashtirish tizimiga qo‘shimcha yuklama yuzaga kelgani, shu bilan birga mavjud moliyaviymexanizmlarni zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida davlatbudjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari manbalar, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda talaba kreditlash tiziminingsamaradorligi tahlil qilinadi.Shuningdek, kreditlash tizimida daromadga bog‘liq qaytarish mexanizmlarini kengroq joriy etish va ularni mehnat bozoritalablariga yanada moslashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Germaniya, Janubiy Koreya, Finlyandiya va Avstraliya kabidavlatlar tajribasi asosida moliyalashtirishning samarali modellari o‘rganiladi.Natijada, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan kompleks moliyalashtirish modeli taklif etilib, u natijaga yo‘naltirilganbudjet tizimini joriy etish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda talaba kreditlash tizimini yanadatakomillashtirishni qamrab oladi.
oliy ta’lim, moliyalashtirish, budjet, talaba kreditlari, davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy islohotlar, “O‘zbekiston – 2030”.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.