Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 1-son (2026)
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING INVESTITSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Tilakov, Navruz
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining investitsion faoliyatini moliyalashtirish jarayonida yuzagakelayotgan mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida kichik biznessubyektlarining moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlari, bank kreditlari ajratish mexanizmi, yuqori foiz stavkalari, garovta’minoti bilan bog‘liq muammolar, investitsion risklar va moliyaviy infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligitahlil qilingan. Shuningdek, investitsion faoliyatni moliyalashtirishda davlat qo‘llab-quvvatlash dasturlari, soliq imtiyozlari,subsidiyalar, venchur moliyalashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotnatijasida kichik biznes subyektlarining investitsion faolligini oshirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish vainvestitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada investitsion faoliyatnimoliyalashtirish tizimini takomillashtirish mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashning muhim omillaridanbiri ekanligi asoslab berilgan.
Kichik biznes, investitsion faoliyat, moliyalashtirish muammolari, bank kreditlari, moliyaviy resurslar, investitsion risklar, garov ta’minoti, foiz stavkalari, davlat qo‘llab-quvvatlashi, subsidiyalar, soliq imtiyozlari, venchur moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalar, investitsion muhit, moliyaviy infratuzilma, iqtisodiy rivojlanish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.